Rasman! Odil Ahmedov yangi mavsumni Superligada o‘tkazadi (FOTO)

  • 13 aprel, 2021, 13:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyatini yana Xitoy Superligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

33 yoshli hamyurtimiz “Tsanchjou Mayti Layons” (Cangzhou Mighty Lions F.C.) klubi bilan shartnoma imzolagan.

Ta’kidlash kerakki, Ahmedovning yangi jamoasi Xebey provintsiyasidan Xitoy Superligasida ishtirok etayotgan birinchi professional futbol klubi hisoblanadi. “Tsanchjou Mayti Layons” Superliganing “A” guruhida ishtirok etadi.

“Tsanchjou Mayti Layons” chempionatning ilk bahsini 21 aprel kuni safarda “Tsindao Xaynyu” klubiga qarshi o‘tkazadi. Odil Ahmedov ushbu uchrashuvda yangi jamoasi safida o‘zining debyut o‘yinini o‘tkazishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov bundan avval Xitoyning “Shanxay SIPG” hamda “Tyantszin Teda” klublarida to‘p surgan.

axmedov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
09/05/2021 22:18
Хеее суперлигада давом этиради деса Ўзбекистонга қайтиб келиб Навбахорда ўйнарканда деб кирибмана ўқигани. Хиндихитойдан тезро келгин Одилжон Навбахор кучайсин ўзига ярашадигон ўринларда юрсина