
Rasman! Osimxen mish-mishlarga qaramay "Napoli" bilan shartnomasini uzaytiddi
"Napoli" futbolchisi Viktor Osimxen klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda neapolliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hujumchi 2026-yilgacha "Napoli" safida to‘p tepish huquqiga ega bo‘ldi. Italiya nashrlarining yozishicha, uning maoshi 9-10 million evro atrofida bo‘ladi. Bu A Seriyadagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shuningdek, Viktorning shartnomasida tovon puli 130 million evro etib ko‘rsatilgan. Nigeriyalikni sotib olishni istagan jamoalar neapolliklar hisob raqamiga shuncha summani o‘tkazib qo‘yishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar