
Rasman! Otabek Shukurov jamoasi Pirlo bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi
Turkiyaning "Fotih Karagyumryuk" klubi bosh murabbiy Andrea Pirlo bilan bo‘lgan shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub o‘zining rasmiy sahifalari orqali xabar berdi.
"Biz janob Andrea Pirlo va uning shtabi bilan birga kelasi mavsum birga ishlay olmasligimizni hisobga olsak, unga jamoani tark etishiga ruxsat beramiz.
U bilan bir mavsumni o‘tkazganimizdan mamnunmiz. Uning kelajakdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!", - deyiladi rasmiy bayonotda.
Fikrlar