Rasman! Otabek Shukurov jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • 11 dekabr, 2024, 17:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Otabek Shukurov hozirda Saudiyaning "Al-Fayha" klubi sharafini himoya qilmoqda. Ushbu jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis Pedro Emanuel mavsum yakuniga qadar "Al-Fayha"ni boshqaradi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi. 49 yoshli murabbiy faoliyati davomida "Portu", Almeriya, "Al-Ayn", "Aroka" va "An-Nasr" jamoalarida ishlagan. Jaloliddin Masharipovning "An-Nasr"dagi sobiq murabbiyi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-2019 yilgi mavsumda Emmanuel Saudiya ligasining eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!