
Rasman! "Paxtakor" futbolchisi legionerga aylandi (foto)
Belarusning "Energetik-BGU" klubi Rustam Turdimurodov transferini rasman e’lon qildi.
19 yoshli o‘zbekistonlik hujumchi joriy mavsumda "Paxtakor" jamoasi tarkibida ikkita o‘yin o‘tkazdi. Shuningdek, u Argentinada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Forvard Argentina va Yangi Zelandiyaga qarshi guruh bosqichi o‘yinlarida zaxiradan maydonga tushgan edi.
Ma’lumot uchun, ayni damda "Lans" klubi futbolchisiga aylangan Abduqodir Xusanov ham "Energetik-BGU"da o‘ynagan.
Fikrlar