Rasman! Petr Chex "Chelsi"ga qaytdi
Chexiyalik afsonaviy darvozabon Petr Chex yana “Chelsi”ga qaytdi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 37 yoshli sobiq posbon “aristokratlar” safida texnik va sport maslahatchisi lavozimida ish olib boradi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Chexning asosiy vazifasi yoshlar va asosy jamoa o‘rtasida hamkorlikni bog‘lashga javobgar bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Chex 2004-2015 yillarda “Chelsi” sharafini himoya qilgan. U ushbu jamoa safida 4 karra Angliya chempioni va kubogi sohibi bo‘lgan.Uch karra Angliya liga kubogida zafar quchgan. 2012 yilda esa “aristokratlar” bilan birga Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Fikrlar