Rasman! Rabo "Yuventus" futbolchisiga aylandi

  • 1 iyul, 2019, 22:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Rabo rasman “Yuventus” futbolchisiga aylandi. Bu haqda turinliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 24 yoshli futbolchi “keksa sinora” bilan shartnoma imzolagan. Biroq, ushbu kelishuv qancha muddatga tuzilgan va futbolchining qancha maosh olishi masalasida ma’lumotlar oshkor etilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rabo “Yuventus”da yiliga 7 mln evro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Rabo Italiya chempioni safiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi. Boisi, uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi kecha o‘z nihoyasiga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
02/07/2019 16:45
Малатси ювунтус