Rasman! Raja Nainggolan Belgiya klubiga ko‘chib o‘tdi
Belgiyalik yarim himoyachi Raja Nainggolan faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradigan bo‘ldi.
33 yoshlt futbolchi Belgiyaning "Antverpen" klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Raja yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Boisi u yaqindagina “Inter” bilan amaldagi shartnomasini bekor qilgan edi.
Raja Nainggolan Belgiya terma jamoasi safida 2009-2018 yillarda to‘p surgan va 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar