Rasman! "Roma" futbolchisi "Ayaks"ga ko‘chib o‘tdi

  • 19 iyun, 2023, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim himoyachi Benjamin Taxirovich "Roma"dan "Ayaks"ga o‘tdi. Bu haqda Amstkrdam klubi o‘zining rasmiy saytida ma’lum qildi.

Hozircha ushbu transfer tafsilotlari oshkor etilmagan. Biroq, OAV xabariga ko‘ra, transfer summasi 8,5 million evroni tashkil qilgan.

O‘tgan mavsumda 20 yoshli bosniyalik futbolchi Italiya chempionatining 11ta o‘yinida maydonga tushgan.

Yakunlangan 2022/23 yilgi mavsumda “Ayaks” Niderlandiya chempionatini 3-o‘rinda yakunladi. "Roma" esa A Seriyada 6-o‘rinni egalladi, shuningdek Evropa Ligasi finaliga chiqdi va afsuski hal qiluvchi o‘yinda "Sevilya"ga mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!