Rasman! "Roma" hujumchisi Bundesliga klubi bilan shartnoma imzoladi
“Roma” hujumchisi Patrik Shik faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettiradigan bo‘ldi.
24 yoshli chexiyalik futbolchi “Bayer” bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi. Uning transferi esa “dorishunoslar”ga 25 mln evroga tushdi. Endi Patrik yangi jamoasida 14-raqamda to‘p suradi.
Shik 2018 yildan buyon “Roma” futbolchisi hisoblanar edi. U o‘tgan mavsumni “RB Leyptsig” safida ijarada o‘tkazdi.
Fikrlar