Rasman! "Sevilya" alamli mag‘lubiyatdan so‘ng Alonsoni iste’foga chiqardi
"Sevilya" klubi jamoa bosh murabbiyi Diego Alonsoni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sahifalari orqali ma’lum qildi.
Mutaxassis klubda atigi 67 kun ish olib bordi. Ushbu muddat davomida "Sevilya" 13 o‘yindan atigi ikkitasidagina g‘alaba qozonishni epladi. Murabbiy boshchiligida andalusiyaliklar kecha "Xetafe"ga yirik 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek, jamoa Evropa chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatsizlikka uchrab, hatto Evropa ligasidan ham quruq qoldi.
Yangi bosh murabbiy nomi seshanba kuniga qadar e’lon qilinishi kutilmoqda. Shu kuni Andalusiya klubi "Granada"ga qarshi saf tortadi.
Fikrlar