
Rasman! "Spetsiya" asosiy hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Italiyaning "Spetsiya" jamoasi hujumchi Mbala Nzola bilan shartnomani yangiladi. Bu haqda klubi matbuot xizmati xabar berdi. Yangi kelishuv 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Angolalik futbolchi 2020 yildan beri "burgutlar" safida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda Nzola A Seriyaning 28 bahsida maydonga tushib, 13 bora raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi va ikki marta sheriklarining goliga assistentlik qildi.
Fikrlar