
Rasman! Superligada mavsum 6 iyundan davom ettiriladi. O‘yinlar muxlislarsiz o‘tkaziladi
Gretsiya hukumati uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng mamlakat chempionati bahslarini davom ettirishga ruxsat berdi.
L'Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Superliga bellashuvlari 6 iyunda tiklanadi va o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkaziladi. Undan oldin esa pley-off bosqichiga qur’a tashlanadi.
Pandemiyagacha chempionatda “Olimpiakos” peshqadamlik qilib kelayotgan edi.
Fikrlar