Rasman! Taliska "Fenerbaxche" futbolchisiga aylandi

  • 28.01.2025 17:27
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol

"An-Nasr"ning braziliyalik hujumchisi Taliska Turkiyaga ko‘chib o‘tdi. Uni "Fenerbaxche" o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qilmoqda. 

2021 yildan beri riyodliklar tarkibida harakat qilib kelayotgan futbolchi istanbulliklar bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. U bundan oldin Turkiyaning "Beshiktosh" klubida to‘p tepgandi. 

Taliska "An-Nasr"da 100 tadan ko‘proq o‘yin o‘tkazib, 76 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, 10 ta assistni ham o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. 

Shunday qilib 7 yillik faoliyatidan so‘ng 30 yoshli strayker Osiyoni tark etmoqda...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
28/01/2025 17:43
2021 Yildan 2025 Yilgacha 7 Yil bo‘ladimi?