Asosiy mazmunga oʻtish

Rasman! Tim Tszyu sentyabr oyida IBF kamari uchun jang qiladi

Izohlar: 0

Tim Tszyu sentabrda ringga qaytadi!

Birinchi o‘rta vazn toifasida WBO va WBC kamarlari sobiq sohibi Timofey Tszyu o‘zining navbatdagi jangini shu yilning sentyabr oyida o‘tkazadi.

No Limit Boxing promouterlik kompaniyasi ma’lum qilishicha, Tim 22 sentyabr kuni Avstraliyada birinchi o‘rta vaznda IBF kamari uchun da’vogarlik jangida ishtirok etadi. Ammo hozircha uning raqibi kim bo‘lishi haqida ma’lum qilinmadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu divizionda IBF chempionligi rossiyalik Baxram Murtazalievga tegishli.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q