Rasman: Toshkent para engil atletika bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi
Toshkent shahri 2027 yildgi para engil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbon sifatida rasmn tasdiqlandi. Mazkur nufuzli musobaqa nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo hududida ilk bor o‘tkaziladi.
Dunyo birinchiligi 2027 yilning iyun oyida poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"da joylashgan "Olimpiya" stadionida o‘tadi.
Toshkent-2027 musobaqasi tartib bo‘yicha XIII para engil atletika Jahon chempionati hisoblanadi. Ushbu musobaqa Osiyo qit’asida beshinchi marotaba tashkil etiladi. Avvalgi mezbonlar qatorida Doha (2015), Dubay (2019), Kobe (2024) hamda Nyu Deli (2025) shaharlar bor.
Musobaqada 100 dan ortiq mamlakatdan taxminan 1 300 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Bu orqali ushbu Jahon chempionati Markaziy Osiyo mintaqasi tarixidagi eng yirik xalqaro para sport tadbiriga aylanadi. Musobaqa dasturi Paralimpiya o‘yinlari dasturiga mos holda shakllantiriladi.
Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar