Rasman! "Tottenxem" daniyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi
"Tottenxem" klubi "Sautgempton" futbolchisi Per-Emil Xyoyberg transferini e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, "shporlar" 25 yoshli yarim himoyachi xaridi uchun 15 mln funt-sterling sarflagan.
Daniyalik futbolchining londonliklar bilan yangi shartnomasi 2025 yilgacha amal qilishi belgilandi.
Ma’lumot uchun, Xyoyberg "Sautgempton" tarkibida jami 128 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar