Rasman! "Tottenxem" gollandiyalik darvozabonni ortga qaytardi

  • 14 oktabr, 2019, 23:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi gollandiyalik posbon Mishel Vormning jamoaga qaytganini rasman tasdiqladi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli futbolchi “shporlar” bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, “Tottenxem” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. Ammo, yozda shartnomasi yakunlangach u jamoani erkin agent sifatida tark etgan edi.

Biroq, Vorm o‘ziga yangi jamoa topa olmadi va shu bois londonliklar rahbariyati uni yana ortga qaytarishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem”ning asosiy darvozaboni Loris kamida joriy yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!