
Rasman! "Turon" futbolchisi legionerga aylandi! (foto)
"Turon" klubi futbolchisi Quvondiq Ro‘ziev legionerga aylandi. U Malayziyaning "Sri Paxang" klubi bilan shartnoma imzoladi. Transferni Malayziya klubi ham tasdiqladi.
Hozircha shartnoma tafsilotlari oshkor etilmadi. Uning "Transfermarkt" portalidagi bahosi 250 ming evroni tashkil etadi.
Ma’lumot o‘rnida, Ro‘ziev "Turon" safida joriy mavsum 13 o‘yinda 2 gol urgan va bitta assist amalga oshirgan.
Fikrlar