Rasman! Tyago Motta A Seriya klubi bosh murabbiyi bo‘ldi

  • 9 iyul, 2021, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spetsiya” o‘zining rasmiy sayti orqali Tyago Mottani bosh murabbiy sifatida e’lon qildi.

Tecno

“Bu erda ekanligimdan juda xursandman va klub direktorining menga bildirgan ishonchidan faxrlanaman. Ushbu yangi sarguzashtni boshlashni va har doim o‘z ehtiroslari bilan ajralib turadigan "Spetsiya" muxlislari bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman.

Tajribamni yigitlar bilan baham ko‘rmoqchiman va har kuni oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun bor kuchimni beraman”, - dedi Motta.

Dastlab, “Spetsiya” sobiq murabbiy Vinchentso Italyano bilan shartnomani uzaytirdi. Aynan u jamoani ilk marta A Seriyaga olib chiqdi va elitada saqlab qoldi. Biroq, keyinchalik Vinchentso "Fiorentina" bilan shartnoma imzoladi va shundan so‘ng uning o‘rniga Tyago Motta tayinlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!