
Rasman! Van Deyk "Liverpul"bilan shartnomasini uzaytirdi
Virjil van Deyk "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Van Deyk 2018 yilda ingliz grandi futbolchisiga aylandi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, 32-turdan keyin Arne Slot shogirdlari 76 ochko bilan Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda. Avvalroq, 32 yoshli hujumchi Muhammad Saloh "Liverpul" bilan mehnat shartnomasini uzaytirgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar