Rasman! Yovan Jokich "Navbahor" futbolchisi!

  • 12.12.2021 17:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Navbahor” klubi yangi o‘yinchilarning transferini e’lon qilishni boshladi.

Bugun Sports.uz saytida klub prezidenti Otabek Samatov bilan uyushtirilgan suhbatni hukmingizga havola etgandik. Unda selektsiya allaqachon boshlangani va tez orada yangiliklarni e’lon qilinishi haqida bejizga to‘xtalmagandi.

Boisi, “Navbahor” matbuot xizmati AGMKda to‘p surgan serbiyalik yarim himoyachi Yovan Jokich bilan kelishuvga erishilganligini rasman ma’lum qildi. Shunday qilib, u 2022 yilgi mavsumni "Navbahor" libosida o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun!

YOVAN JOKICh

Tug‘ilgan sanasi: 1992 yil 13 avgust

Tug‘ilgan joyi: Brus, Yugoslaviya

Fuqaroligi: Serbiya

Ampluasi: yarim himoyachi

Serbiyaning “Yavor”, “Rudar”, Qozog‘istonning “Atirau”, Toshkentning “Lokomotiv” va Olmaliqning AGMK klublarida to‘p surgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!