Rasmiy xabar! Doniyor Abdumannonav - "Dinamo" futbolchisi
Bektemir Abdumannonov – "Dinamo" safiga ko‘chib o‘tdi.
"2026 yilgiy yangi futbol mavsumi oldidan Superliganing eng iqtidorli yarimhimoyachilaridan biri Bektemir Abdumannonov rasmiy «Dinamo» futbolchisiga aylanganini ma’lum qilamiz.
23 yoshli yarimhimoyachi jamoamizning Dubaydagi yig‘inida qatnashmoqda va kuni kecha «Dinamo» PFK bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Abdumannonov dastlab «Metallurg» va O‘zbekiston yoshlar jamoalari safidagi o‘yinlari bilan tanilgan bo‘lsa, so‘nggi uch mavsumni «Andijon» safida o‘tkazdi. Xususan, 2025 yilgiy mavsumda andijonliklar bilan Superligada 11-o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, Superligadagi 30 o‘yinda 4ta gol va 8ta assist qayd etgan.
Ishonamizki, Bektemir Abdumannonov «Dinamo» bilan yangi marralarni zabt etib, jamoamiz tarixidan munosib o‘rin egallaydi", - deya yozdi samarqandliklar matbuoti.
Fikrlar