Ravshan Dastirov Tataristonning faxriy nishoni bilan mukofotlandi

CHERY AUTO

Joriy yilning 2 noyabr kunidan Rossiyaning Qozon shahrida belbog‘li kurash (borba na poyasax) bo‘yicha erkaklar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Qozon shahridagi "Ak Bars" nomli sport majmuasida o‘tayotgan xalqaro turnirda Farg‘ona viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rizobek Masharipov, Farg‘ona viloyati belbog‘li kurash federatsiyasi ijrochi direktori Miranshoh Ro‘ziev boshchiligidagi Farg‘ona viloyati terma jamoasidan iborat polvonlar ham to‘liq tarkib bilan ishtirok etishmoqda.
Mazkur xalqaro turnir doirasida xalqaro belbog‘li kurash federatsiyasining (IBWA) navbatdagi kongressi ham o‘tkazildi. Quvonarlisi, ushbu kongressda ishtirok etgan Xalqaro belbog‘li kurash federatsiyasi (IBWA) vitse-prezidenti, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov bir ovozdan yana qayta to‘rt yilga xalqaro federatsiyaga vitse-prezident etib saylandi.

Shuningdek, R. Dastirov Tatariston Respublikasi sport vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ushbu vazirlikning eng oliy mukofoti-"Tatariston Respublikasi jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" faxriy nishoni bilan mukofotlandi. Bundan tashqari Tatariston Respublikasi sport vazirligi hamda Farg‘ona viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish borasida o‘zaro memorandum ham imzolandi.
Xalqaro turnir 6 noyabrga qadar davom etadi.

rvq

roma_1

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!