Ravshan Ermatov xorvatiyalik diplomatlar va futbol mutaxassislari bilan uchrashdi

  • 30 noyabr, 2021, 14:23
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda Xorvatiya elchisi Refik Shabanovich, shuningdek, xorvatiyalik futbol mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Uchrashuv avvalida Ravshan Ermatov Xorvatiya futbolining dunyoda tutgan o‘rni, ushbu yurtning jahon arenalardagi yutuqlari, taniqli futbolchilari va akademiyalarning ulkan tajribasi haqida alohida to‘xtaldi.

Elchi janoblari ham Markaziy Osiyo davlatlari ichida O‘zbekistonda sportga, xususan, futbolga e’tibor yuqori ekanligini e’tirof etdi. Ayniqsa bolalar futbolini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarga ijobiy baho berdi. Yosh futbolchilarni tayyorlashning maxsus tizimlari, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik borasidagi Xorvatiya tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Xorvatiyalik mehmonlar O‘zbekiston akademiya jamoalarini muntazam tarzda Zagreb shahrida o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqalarga taklif etdi.

photo_2021-11-29_18-02-21

Uchrashuvda shuningdek, Ravshan Ermatov Xorvatiya akademiyalarning faoliyati va infratuzilmani o‘rganish, o‘zbekistonlik murabbiylarni amaliyotga jalb qilish, iqtidorli, yosh futbolchilarimizni tajriba almashish uchun Xorvatiya akademiyalariga yuborish borasida o‘z takliflarini bildirdi.

O‘z navbatida, ikkala tomon kelajakdagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doimo tayyor ekanligini ta’kidladi.

photo_2021-11-29_18-02-20

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
30/11/2021 20:01
Учрашувда хорватлар футболда коррупцияни авж олдириш борасида Узбекистон тажрибасини урганиш борасида тажриба алмашишган. Бунинг учун, Хорватия Футбол Федерациясига хавфсизлик хизмати рахбарлари жалб килиниши узлаштирилган.