Ravshan Haydarov: "Oldimizga qo‘yilgan birinchi vazifani uddalaganimizdan xursandmiz!"

  • 16.01.2026 14:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

U23 Osiyo kubogi chorak final oʻyinlari oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va futbolchimiz Sardor Bahromov ishtirokidagi matbuot anjumaninida qatnashdi.

"Assalomu alaykum, hammaga hayrli kun. Oldimizga qoʻyilgan birinchi vazifani uddalaganimizdan xursandmiz. Plef-ffga chiqqan barchani tayyorliklayman. Ertaga, Xitoy bilan maqsadlarimiz yoʻlidagi eng muhim oʻyin boʻlib oʻtadi. Tiklanish jarayonlari yaxshi oʻtkazib, raqib uchrashuvlarini tahlil qilib yetarlicha oʻrgandik. Jamoamiz bellashuvga tayyor.

Ar-Riyoddan Jiddaga uchib oʻtdik. Havo biroz issiqroq lekin moslashdik. Farqi juda ham katta emas. Bu jamoamizga taʼsir oʻtkazmaydi. 

Oʻzbekiston Xitoydan bir kun koʻp dam olyapmiz. Bu qanqadir ustunlik beradimi?

Ha biz Xitoydan bir kun oldin oʻynadik. Lekin oʻsha kun ham uchib oʻtishga ketdi. Shunga qaramay, tiklanish jarayonlarimiz rejalarini hammasini amalga oshirdik. Hamma kerakli narsalar qilinyapti. Bitta oʻyinchidan tashqari, hamma jangovor holatda. Ibraimov ikkita sariq kartochka olgani sabab ertangi bahsni oʻtkazib yuboradi. Uni oʻrnini ham oʻtkazib yuboradi.

Siz Oʻzbekistonni turli xil yosh terma jamoalarida ishlagansiz. Xitoyga qarshi oʻynagansiz va hozirgi Xitoy terma jamoasi haqida nima deya olasiz?

Xitoy terma jamoasini anchadan beri bilamiz. Koʻp musobaqalarda bir-birimiz bilan oʻynaganmiz. Yildan-yilga yaxshilanyapti. Hozirda ular eng yaxshi holatiga kelgan davr. Juda yaxshi avlod yigʻilgan. Murabbiylar shtabi ham anchadan beri ishlab kelmoqda. Oʻyin uslubini ham futbolchilarga singdirishgan.Juda tartibli va hurmatga sazovor jamoa. Biz ham shunga yarasha tayyorgarlik koʻryapmiz. Ularning kuchli va kuchsiz tomonini ham oʻrganib chiqyapmiz", - dedi Haydarov.

"Assalomu alaykum barchaga! Mana shu bosqichga chiqqanimiz bilan butun Oʻzbekistonni tabriklayman. Ertaga muhim oʻyin boʻlib oʻtadi. Raqibimizga ham omad. Qiyin uchrashuvlarni oʻtkazdik. Buyogʻiga raqib tanlash yoʻq. Ertaga maydonga chiqib, gʻalaba qozonishga harakat qilamiz.
Xitoy yaxshi terma jamoa. Bizdan kattalar ham kichiklar ham  jangovor oʻyin oʻtkazishgan. Osiyoda yaxshi jamoalardan biri hisoblanadi. Biz ertaga oʻzimni har tomonlama yaxshi koʻrsatib, keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz. Ular mudofada ham hujumda ham bir xil yaxshi oʻynadi"
, - deya fikrlarini bildirdi Sardorbek Bahromov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!