Ravshanbek Umurzoqov kuzda yangi kamar uchun jang qiladi

  • 19 may, 2019, 08:57
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ekaterinburgdagi jangdan so‘ng hamyurtimiz Ravshanbek Umurzoqov jang borasidagi va kelajakdagi rejalari borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Faoliyatimdagi ilk 10 raundlik jangni o‘tkazgan bo‘lsamda o‘zimni yaxshi his etyapman. Raqibim juda ham tajribali va noqulay edi. Ushbu jang oldidan murabbiyimidan aniq bir ko‘rsatma olgan edim - jang davomida oraliq masofani saqlay olish. Bundan ilgari men faqat 6 raundlik janglarda ishtirok etayotgan edim. 

Kamar uchun kechgan o‘tgan jangimda esa uchinchi raunddayoq jangni tugatgan edim. "RCC Boxing Promotions" bilan bir qator ajoyib rejalarimiz bor. Kuzda biror jiddiyroq kamar uchun ringga chiqishni maqsad qilib qo‘yganman", - dedi Umurzoqov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!