Rayan Garsiya ringga qaytmoqda
- Javohir Malikov
- Izohlar: 0
- Boks
26 fevral kuni AQShning Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
E’tiborliisi, unda meksikalik boks yulduzi Rayan Garsiya (24-2, 20 KO) ham ishtirok etib, amerikalik Mario Barrios(29-2-2, 18 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu bahs yarim o‘rta vazn toifasida (66.7 kg) WBC chempionlik kamari uchun kechishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Garsiya oxirgi jangida Rolando Romerodan ochkolar evaziga mag‘lub bo‘lgan. Barrios esa Menni Pakyao bilan durrang qayd etgandi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q