
"RB Leyptsig"ning "Liverpul"ga qarshi bahsi Londondagi "Tottenxem" stadionida o‘tkazilishi mumkin
“RB Leyptsig” klubi “Liverpul”ga qarshi o‘tadigan Chempionlar ligasi 1/8 final o‘yini uchun o‘ziga stadion qidirmoqda.
Gap shundaki, Germaniya hukumati koronavirusning yangi shtammi tarqalishini oldini olish uchun Buyuk Britaniyadan bo‘ladigan aviaqatnovlarni 17 fevralga qadar to‘xtatdi. Shu sababli, “Liverpul” Germaniyaga kira olmaydi. Agar “RB Leyptsig” zudlik bilan o‘ziga boshqa stadion topmasa, unga texnik mag‘lubiyat yoziladi.
“RB Leyptsig” sport direktori Markus Kreshening so‘zlariga ko‘ra, jamoa rahbariyati bu borada Budapeshtdagi “Pushkash” hamda Londondagi “Tottenxem” stadioni variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
“RB Leyptsig” va “Liverpul” jamoalari bahsi 16 fevral kuniga rejalashtirilgan.
Fikrlar