
"Real" - "Chelsi" uchrashuvini kim boshqarishi ma’lum
EChLning chorak finalidan o‘rin olgan "Real" - "Chelsi" to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yin "Santyago Bernabeu"da o‘tkaziladi. Ushbu uchrashuvni kim boshqarib borishi aniq.
Ma’lum bo‘lishicha, dastlabki buhsda frantsiyalik referi Fransua Letekse bosh hakam vazifasini bajaradi. U ushbu mavsum Chempionlar ligasida 3 ta o‘yinda ("Borussiya" - "Kopengagen", "Ayaks" - "Napoli" va "Chelsi" - "Dinamo Zagreb") ishladi.
Fransua umumiy barcha chempionatlarida 30 ta matchda 117 marta futbolchilarga sariq kartochka ko‘rsatdi va 3 marta qizil kartochka bilan jazoladi. Shuningdek, 11 ta bahsda penalti belgiladi.
Fikrlar