“Real” Arbeloa o‘rniga kutilmagan murabbiyni olib kelishini ko‘zlayapti
Real mavsumni yakunlashga eʼtibor qaratmoqda. Klub Alvaro Arbeloa bilan birga La Liga va Chempionlar Ligasida oxirigacha kurashishdan umid qilmoqda.
Defensa Central xabariga koʻra, Florentino Peres allaqachon kelajak haqida oʻylamoqda. Agar Arbeloa keyingi mavsumda faoliyatini davom ettirmasa, klubda "nemis vektori" deb ataladigan variant koʻrib chiqilmoqda. Bunda gap Yurgen Klopp haqida ketmayapti.
Asosiy nomzod Yulian Nagelsmann boʻlib, uning Germaniya terma jamoasi bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Hammasi keyingi jahon chempionati qanday oʻtishiga bogʻliq boʻladi. Qayd etilishicha, Germaniya futbol federatsiyasi mutaxassisning oʻzi so'rasa, uni qoʻyib yuborishi mumkin. Peres 2018 yilda ham Nagelsmanni klubga olib kelishga harakat qilgan edi. Ōshanda nemis "Real"ga oʻtishga jurʼat etmagan edi, ammo endi vaziyat oʻzgarishi mumkin.
Fikrlar