“Real”, “Barsa” va “Ayaks” nishonida super vunderkind

  • 23 may, 2020, 20:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning etakchi jamoalari “Sevilya” tizimida tarbiyalanayotgan 18 yoshli Diego Fernandes Talaveronga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

18 yoshli hujumchi joriy mavsumda o‘ta yuqori samaradorlik ko‘rsatdi. U jami 22 ta uchrashuvda 22 ta gol urishga erishdi. Talaveron Milliy yoshlar ligasining eng zo‘r to‘purari hisoblanadi.

Hozir uni “Real”, “Barsa” va “Ayaks” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Albatta, “Sevilya” ham o‘z tarbiyalanuvchisidan osonlikcha voz kechmaydi. Klub rahbariyati vunderkind bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda va o‘yinchidan qaror qabul qilishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslikni so‘ramoqda.  

“Bunyodkor”ning sobiq sardori: Angliyaga bor ukam, super yulduz bo‘lasan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!