"Real Madrid" sobiq futbolchisi MLSga yo‘l olishga yaqin

  • 04.02.2026 16:58
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin.

Taniqli insayder Fabrizio Romano bergan xabarlarga koʻra, kolumbiyalik yulduz "Minnesota Yunayted" klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bundan tashqari futbolchi jamoa bilan shartnoma imzolash uchun Amerika Qoʻshma Shtatlariga uchib ketgan. 34 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Real Madrid", "Bavariya", "Portu" va "Monako" singari Evropaning eng kuchli klublarida toʻp tepgan. Uning soʻnggi jamoasi esa Meksikaning "Leon" klubi boʻlgan edi. Xames hali hamon Kolumbiya safida oʻynab kelmoqda va jamoa sardori hisoblanadi. 

Maʼlumot uchun, Kolumbiya terma jamoasi Jahon chempionatida Oʻzbekiston bilan bir guruhdan joy olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!