"Real" 16 yoshli futbolchining katta talablarini qondirishga tayyor

  • 22.10.2026 12:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real Madrid» mutasaddilari «Manchester Yunayted» yoshlar jamoasi a’zosi 16 yoshli iste’dodli yarim himoyachi Jey-Jey Gabriyel uchun kurashda «Barselona» bilan raqobatni davom ettirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aynan shu ikki ispan grandi yosh angliyalik futbolchi uchun asosiy da’vog‘ar hisoblanmoqda. Ular bu borada «PSJ» va «Bavariya»ni ortda qoldirgan. 

Sport nashri xabar berishicha, «Real» transfer bo‘yicha Gabriyel tomonidan qo‘yilgan shartlarni qondirishga tayyor. Umumiy bitim qiymati taxminan 10 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 

Shu bilan birga, «Barselona» futbolchiga uch yillik shartnoma, yiliga 2 million yevro maosh va qator bonuslar taklif etmoqda.

Jey-Jey Gabriyel va uning yaqinlari yakuniy qaror tez orada qabul qilinishini tasdiqlashgan. Yosh hujumkor yarim himoyachi allaqachon «Manchester Yunayted» bazasini tark etgan va hozirda Barselonada yakka tartibda mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!