“Real” 18 yoshli futbolchisi uchun 50 million evrolik taklif oldi
Yevropa transfer bozorida Madridning “Real” klubi futbolchisi Franko Mastantuonoga boshqa klublar tomonidan bildirilayotgan qiziqishlar faol muhokama qilinmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Angliyaning “Tottenxem” va “Brayton” klublari 18 yoshli futbolchi uchun taxminan 50 million yevro taklif qilayotgani aytilmoqda.
“Real” prezidenti Florentino Peres bu takliflarni futbolchi transferiga sarflangan mablag‘larning katta qismini qaytarish imkoniyati sifatida ko‘rib chiqmoqda. Mastantuono hozircha asosan rotatsiya futbolchilari qatoriga kiradi va boshlang‘ich tarkibda muqim joyiga ega emas.
Iste'dodli hujumkor futbolchi 2025 yil yozda Argentinaning “River Pleyt” klubidan 45 million yevro evaziga “Real”ga transfer qilingan edi. Bu argentinalik futbolchi uchun rekord transfer summasi bo‘lgan.
Hozirgacha u “Real” safida 24 o‘yinda qatnashib, 3 gol urdi va 1 assist qayd etdi.
Fikrlar