"Real" 20 yildan buyon jamoada o‘ynab kelayotgan futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi

  • 1 iyul, 2021, 19:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi rahbariyati jamoaning tajribali himoyachisi Nacho Fernandesga yangi shartnoma taklif qiladi.

Tecno

COPE nashrining xabar berishicha, tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2023 yilning yoziga qadar imzolanadi.

Ta’kidlash kerakki, 31 yoshli futbolchi “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “qirollik klubi” akademiyasiga 2001 yilning 1 iyul kuni, ya’ni bundan roppa-rosa 20 yil oldin kelib qo‘shilgan.

U “Real”ning o‘smirlar va yoshlar jamoasida, so‘ngra “Kastilya”da o‘ynadi.  2013/14 yilgi mavsumdan boshlab asosiy tarkibda harakat qilib kelmoqda.

Nacho o‘tgan mavsum La Ligada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!