"Real" afsonasi: "Ispaniya terma jamoasini boshqarishni istayman"

  • 09.12.2022 19:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Guti Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishni xohlaydi. 

- Men Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishni istayman. Mamlakatimiz terma jamoasini boshqarish - ajoyib tuyg‘u. 

- Sizningcha, bunga tayyormisiz? 

- Albatta, bu aniq. Men o‘zimga ishonaman va Ispaniya terma jamoasini boshqarishni istashimni aytishda davom etaman", - dedi "Real" sobiq futbolchisi. 

Guti bunga qadar "Real"ning 19 yoshgacha bo‘lgan jamoasida ishlagan. Shuningdek, "Beshiktosh"da murabbiy assistenti sifatida ham faoliyat olib borgan. Bundan tashqari, "Almeriya" Segundada o‘ynagan paytda ham aynan u bosh murabbiy edi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!