
"Real" Anchelottiga keraksiz bo‘lgan darvozabonni qanchaga sotishini ma’lum qildi
"Real" rahbariyati darvozabon Andrey Luninning narxini belgilab berdi. Unga ko‘ra, Madrid klubi ukrainalik posbonni sakkiz million evroga sotishga tayyor.
Oldinroq jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti endi Lunin unga kerakmasligi, chunki u maydonga tushgan o‘yinlarda bildirilgan umidlarni oqlamagani haqida xabar berilgandi.
Andrey Luninning o‘zi esa 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma yakunigacha “Real”da qolishga umid qilmoqda.
Darvozabon o‘tgan mavsum La Ligada jami 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga erishgan.
Fikrlar