
"Real" Anchelottini iste’foga chiqarmoqchi emas, lekin...
Xabaringiz bor "Real" Ispaniya Superkubogida "Barselona"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lib, sovrinni qo‘ldan boy berdi. Bundan tashqari muxlislarning murabbiyga bo‘lgan ishonchi ham kamaydi. Ammo rahbariyat Karlo Anchelottini mavsum o‘rtasida o‘z lavozimidan ozod qilish niyati yo‘q, lekin...
"Relevo" nashriga ko‘ra, noyabr oyida klub Anchelottiga iste’fo berish haqida o‘ylagan va Santyago Solarini uni bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkinligi borasida ogohlantirishgan. Agarda italiyalik mutaxassis bilan xayrlashishga to‘g‘ri kelsa, uning o‘rnini 2018-2019 yillar oralig‘ida "qaymoqranglilar" ustozi bo‘lgan 48 yoshli ispan egallashi mumkin.
Nashrning ta’kidlashicha, so‘nggi bor 2023 yilda "Real" finalda mag‘lub bo‘lgandi. O‘shanda ham "Barselona" Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan va Florentina Peres murabbiylar shtabiga keskin e’tirozlar bildirgan. Undan keyin
Anchelottining o‘z qarorlaridan voz kechmayotgani muxlislarga yoqmayapti. Misol uchun, Orelen Chuameni aslida tayanch yarim himoyachisi bo‘lsa-da, uni murabbiy himoyada o‘ynatmoqda. Agarda tarkibda boshqa mudofa vakili bo‘lmasa, Karloni tushunish mumkin, lekin mavsum kashfiyotlaridan bir Raul Asensioga so‘nggi paytlar kam o‘yin amaliyoti berilmoqda va muhim bahslarda ishonch bildirilmayapti.
Agarda Chuameni himoyada Asensiodan yaxshiroq, deb qaralsa, nega uni umuman o‘ng qanotda sinab ko‘rilmagani ham ko‘pchilikka qiziq bo‘lib turibdi. Sababi, Lukas Vaskesning borgan sari obro‘si tushib boryapti.
Muxlislarning fikri:
"Eng yomoni shundaki, Asensio kelasi bahsda ham zaxirada qoladi. Hozir kulib qolmasang, keyin yig‘lashinga to‘g‘ri keladi"
"Real"ga hozir ikkita Asensio kerak, bittasi Chuameni o‘rniga, bittasi Vaskes o‘rniga"
"Agarda "Real" Asensioni "Lion"dan 50 million evroga sotib olganida, u umuman zaxirada o‘tirmasdi".
Gap faqat himoyada emas, yarim himoyada ham muammolar borligi ko‘rinyapti, deydi ispan nashri. "Real"ni oldinda Chempionlar ligasida muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Jamoa ushbu chempionatning turnir jadvalida 20-o‘rinda boryapti, lekin sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyati yo‘q emas. Bundan tashqari "Atletiko" ham La Ligada birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan, jamoani hech kim to‘xtata olmayapti. Xullas, mavsumni qutqarib qolish uchun Karlo oldidagi sinovlar ko‘paymoqda...
Fikrlar