Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" Angliya grandlari Bellingemni olib ketishidan xabar topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Tez qarshi chora ko‘rish kerak

«Real Madrid» rahbariyati yarim himoyachi Jud Bellingem bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. 

The Touchline nashri yozishicha, madridliklar kelgusida Angliya premyer-ligasi klublari Bellingem bo‘yicha jiddiy takliflar bilan chiqishi mumkinligini yaxshi tushunib turibdi. Shuni inobatga olgan holda, «Qirollik klubi» futbolchini uzoq muddatga jamoada ushlab qolishni maqsad qilgan.

Bundan bir necha kun oldin ommaviy axborot vositalarida «Real» Bellingem bilan maoshi oshirilgan yangi shartnoma imzolashga tayyorlanayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Hozirgi amaldagi kelishuvga ko‘ra, 23 yoshli Jud Bellingem «Real» bilan 2028/2029 yilgi mavsum yakungacha bog‘langan. U madridliklar safida o‘tkazgan 148 uchrashuvda 49 ta gol urgan va jamoadoshlariga 36 bor hal qiluvchi pas berishga muvaffaq bo‘lgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q