"Real" Angliya terma jamoasi futbolchisini sotib oladi

  • 06.10.2026 10:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi «Bornmut» va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleks Skottga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

TeamTalk xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» skautlari yaqinida bo‘lib o‘tgan Millatlar ligasi uchrashuvida 23 yoshli futbolchining o‘yini diqqat bilan kuzatgan. Ushbu bahsda Angliya Xorvatiyani yirik 7:0 hisobida mag‘lub etgan. Manbalarga ko‘ra, «Real» yosh va iqtidorli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda, ammo u uchun Londonning «Chelsi» klubi ham kurash olib bormoqda. Shu bilan birga, «Bornmut» hozircha Skottni sotishga shoshilayotgan yo‘q.

Ayni paytda «Real» safida ikki nafar angliyalik futbolchi – Jud Bellingem va Trent Aleksander-Arnold to‘p surmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Aleks Skott Angliya chempionatida «Bornmut» tarkibida beshta o‘yin o‘tkazdi. U shu vaqt ichida bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va bir marta ogohlantirish kartochkasiga («sariq kartochka») uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!