"Real" angliyalik yarim himoyachini ko‘z ostiga olib qo‘ydi

  • 20 iyun, 22:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" qiziqishlar doirasiga Angliya Premer-ligasida to‘p surayotgan yarim himoyachi tushgan. Gap "Kristal Pelas" futbolchisi Adam Uorton haqida bormoqda. 21 yoshli yarim himoyachi o‘zining taktik etukligi va o‘yin darajasi bilan "qirollik klubi" e’tiborini tortgan. Madridda Uorton vaqt o‘tishi bilan "Real"ning markaziy chizig‘idagi tajribali futbolchilarning o‘rnini bosishga qodir deb hisoblanmoqda.

Tecno

Shu bilan birga, Fichajes nashri yozishicha, bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi, chunki Uortonning amaldagi shartnomasi yana to‘rt yilga mo‘ljallangan, futbolchining bozor bahosi esa 45 million evroni tashkil etadi. Umuman olganda, "Kristal Pelas" muzokaralarda qattiq pozitsiyada turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!