“Real”: Azar bo‘yicha muhim qaror!

  • 29 iyun, 2022, 20:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi rahbariyati bir necha yildan beri ishonchni oqlay olmayotgan belgiyalik hujumkor futbolchi Eden Azarga yana bir mavsum davomida imkoniyat beradigan bo‘ldi, deb xabar tarqatdi Marca nashri.

Tecno

Bu so‘nib borayotgan  yulduz uchun so‘nggi imkoniyat bo‘ladi. Shuning barobarida, Azar pozitsiya tanlamasdan, bosh murabbiy Karlo Anchelotti aytgan joyda o‘ynashi va o‘zini ko‘rsatishi talab etiladi.

“Chelsi” yulduzi sifatida katta summa evaziga Madridga olib kelingan belgiyalik pleymeyker shu kunga qadar “Real” uchun 66 marotaba maydonga tushib, atigi oltita gol urdi va o‘nta assist qayd etdi.

Eng yomoni esa, Azar Madrid kulbi safida 16 marotaba jarohat olib, jami 72 ta uchrashuvni o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!