"Real" Azarni qanchaga sotishi ma’lum bo‘ldi
"Real" Madrid klubi rahbariyati belgiyalik hujumkor yarim himoyachi Eden Azarning narxini e’lon qildi.
ABC nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “Qirollik klubi” 30 yoshli futbolchining transferini 50 million evroga baholamoqda.
“Chelsi”ga qarshi bo‘lib o‘tgan EChL yarim final javob bahsidan so‘ng, Azar tomonidan amalga oshirilgan xatti-harakatlar “Real” rahbariyatining g‘azabini keltirgan va shu sababli, ular shunday qarorga kelgan.
"Real" Azarni 2019 yilning yozida “Chelsi”dan 100 million evro evaziga sotib olgan edi. Shundan buyon Eden madridliklar safida 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar