"Real" Azarni yana uzoq kutadigan ko‘rinadi

  • 20.10.2020 21:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real"ning belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azar yaqin ikki oy ichida maydonga qaytmasligi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Azarning jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni sekin kechmoqda va jamoa murabbiylari ham ushbu jarayonni tezlashtirib, tavakkalga yo‘l qo‘yish niyatida emas. U so‘nggi bor avgust oyida maydonga tushgan edi.

29 yoshli Azarning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!