"Real" belgiyalik yulduzning kelajagi borasida bir qarorga kelgan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" belgiyalik futbolchi Eden Azar bilan qishdayoq xayrlashmoqchi. 

"Marca" nashrining xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati joriy mavsumni Madridda yakunlamoqchi bo‘layotgan Azarga umid bog‘lamayapti. "Real" futbolchi JCh-2022da qayta porlashini kutgandi, lekin u turnirni muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi. 

Qayd etilishicha, yarim himoyachiga MLS klublaridan takliflar bor, biroq Edenning bu transferga rozi bo‘lishi so‘roq ostida. Uning oilasiga Madridda yashash yoqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!