
"Real" Bellingemning tovon pulini 1 milliard evro etib belgilaydi
Madridning "Real" klubi ayni damda Dortmundning "Borussiya"sidan "Santyago Bernabeu"ga o‘tishga yaqin turgan yarim himoyachi Jud Bellingem bilan shartnomada qancha tovon puli yozishi ma’lum bo‘ldi.
"Cadena SER" nashri xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchisi "Real" bilan 6 yil muddatga, bir milliard evro tovon puli bilan shartnoma imzolaydi. "Qirollik klubi" hozirda Dortmundning "Borussiya"si bilan shartnomani imkon qadar tezroq yopish ustida ishlamoqda. 19 yoshli yarim himoyachi ispan jamoasiga taxminan 100-120 million evroga tushadi.
Oldinroq Bellingemga "Liverpul", "Manchester Siti" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirayotgandi.
Fikrlar