"Real" Benzemadan havotirda

  • 21.03.2023 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi Karim Benzemaning joriy mavsumdagi omadsiz o‘yinlari tufayli yozda yangi hujumchi sotib olishi mumkin.

Madrid klubi La Liganing 26-turida “Barselona”ga imkoniyatni boy berdi (1:2). Frantsiyalik hujumchi o‘yin davomida raqib darvozasi tomon bor yo‘g‘i ikkita zarba berdi va ularnigg faqat bittasi aniq bordi.

AS nashri xabariga ko‘ra, "Real" 35 yoshli hujumchining joriy mavsumdagi formasidan xavotirda. Benzema 2021/22 yilgi mavsumda Madridliklar safida 43 ta o‘yindan so‘ng 34 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Joriy mavsumda xuddi shu 43 o‘yindan so‘ng u 19 gol va 5 golli uzatmaga ega. Bundan tashqari, u joriy mavsumda 8 xil jarohat tufayli 13 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Shu sababli "qirollik klubi" kelasi mavsum uchun hujumchi sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Nomzodlardan biri "Yuventus" forvardi Dushan Vlahovich hisoblanadi.

2024 yilda esa "qaymoqranglilar" Kilian Mbappe yoki Erling Xolandni sotib olmoqchi. "Manchester Siti" forvardning tovon puli 2024 yilning yozidan boshlab 180 million evroga  tushishi aytilmoqda.

Mbappening PSJ bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan, biroq frantsiyalik futbolchi xohlasa Parij klubini tark etish huquqiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!