“Real”: Ketadiganlarga so‘nggi qo‘ng‘iroq!

  • 20 may, 2022, 20:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionati oxirgi turidan o‘rin olgan “Real” va “Betis” o‘rtasidagi uchrashuv bir necha madridlik futbolchilar uchun “Qirollik klubi”dagi so‘nggi bahs sifatida tarixda qoladi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, birinchi navbatda, bu Garet Beyl va Iskodir, deb xabar tarqatdi Mundo Deportivo nashri.

Shuningdek, bu ikki futbolchi qatoriga Marselo, Marko Asensio, Dani Sebalos va Mariano Dias qo‘shilishi mumkin. Madridda o‘z o‘yinini topolmagan hujum vakillari Eden Azar hamda Luka  Yovichning kelajagi ham mavhumligicha qolmoqda.

“Real” bo‘lajak uchrashuvni rasmiyatchilik uchun o‘tkazadi. Chempionlik masalasini muddatidan oldin hal qilgan madridliklar asosiy e’tiborini 28 may kuni Frantsiyada bo‘ladigan Chempionlar ligasi finaliga qaratgan. Qit’aning eng nufuzli sovrini uchun “Real” “Liverpul” bilan to‘qnashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!