“Real” bosh murabbiysi bo‘lishga yangi da’vogar paydo bo‘ldi

  • 01.05.2026 19:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Real Madrid" murabbiyi lavozimiga yangi favorit boʻldi, deb xabar bermoqda Onda Cero nashri.

Manbaga koʻra, avvalroq "Real" murabbiylik kursisiga asosiy daʼvogarlik Joze Mourinyo boʻlgan. Biroq hozirda aynan Nagelsmann nomzodi "Qirollik klubi" rahbariyatida eng koʻp qoʻllab-quvvatlanmoqda. "Qaymoqranglilar" boshliqlari uning uslubi jamoaning hozirgi tarkibi va vazifalariga juda mos keladi deb hisoblashadi.

Qayd etilishicha, Nagelsmanning oʻzi "Real"da ishlashga ijobiy qaraydi. Biroq u Germaniya terma jamoasini faqat 2026 yildagi jahon chempionatidan soʻng tark etishga tayyor boʻladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!